QUTLOV

Qadrli yurtdoshlar!
Hurmatli olimlar, fermerlar va qishloq xo‘jaligi sohasining fidoyi mehnatkashlari!
Sizlarni xalqimiz uchun eng ulug‘ va muqaddas ayyomlardan biri bo‘lgan — bag‘rikenglik va saxovat timsoli Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman!
Bu muborak ayyom qalblarimizni yaxshilikka chorlab, hamjihatlik va ahillikni mustahkamlaydigan, mehr-shafqat va muruvvat fazilatlarini ulug‘laydigan muqaddas bayramdir.
Qishloq xo‘jaligi sohasi – yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligida muhim o‘rin tutadi. Siz azizlar — olimlar, mutaxassislar, fermerlar, mehnatkash dehqonlar bu sohada halol mehnati, zamonaviy bilim va tajribasi orqali mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
Insonni ezgu amalga undaydigan Qurbon hayitida qilgan har bir duo, xayrli niyat va amaliyotlaringiz qabul bo‘lsin!
Har bir xonadonda fayzu baraka, yurtimizda tinchlik va farovonlik hukmron bo‘lsin!
Shodmon Namozov.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube