Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Quyosh panellari: qulay va samarali

Quyosh panellari: qulay va samarali
Keyingi yillarda mamlakatimizda ustuvor yo‘nalishlardan biri barchamiz uchun global masalaga aylanayotgan elektr energiyasidan oqilona foydalanish, arzon, ishonchli va barqaror zamonaviy energiyani joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. “Yashil energiya” manbaidan foydalanish bu boradagi oqilona yechim sifatida baholanmoqda. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalar va tashkilotlarda ham quyosh energiyasidan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti binosida 15 kVt lik quyosh panellarini o‘rnatgach, ish jarayonida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar barham topdi. Bu ishlar davomi sifatida institut rahbari M.Sattorov tajriba-sinov tariqasida o‘z xonadoniga ham 7 kVt energiya ishlab chiqaruvchi quyosh panellarini o‘rnatdi. Qayd etishicha, quyosh panellaridan foydalanish katta qulaylik yaratadi. Har qanday holatda ham xonadonda chiroq o‘chmaydi, maishiy texnikalar ishlab turadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.