Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash hamda payshanba kunini “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan joriy yil 9-aprel kuni Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari J. Abduzuxurov, vazirlik boshqarma boshlig‘i Z. Artikov hamda institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari D. Xalmirzayev ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarni rag‘batlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr va tavsiyalar bildirildi. Tadbir ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda institutda ilmiy muhitni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim muloqot maydoniga aylandi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.