Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash hamda payshanba kunini “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan joriy yil 9-aprel kuni Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari J. Abduzuxurov, vazirlik boshqarma boshlig‘i Z. Artikov hamda institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari D. Xalmirzayev ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarni rag‘batlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr va tavsiyalar bildirildi.

Tadbir ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda institutda ilmiy muhitni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim muloqot maydoniga aylandi.

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.