Ramazon hayiti muborak!

Assalomu alaykum, hurmatli agrar soha olimlari, ilm-fan fidoyilari!
Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Ushbu ulug‘ ayyom barchangizning xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka olib kirsin.
Qishloq xo‘jaligida erishilayotgan har bir yutuq, avvalo, siz — ilm ahlining izlanishlari, yangilikka intilishi va fidokorona mehnatingiz samarasi ekanini alohida ta’kidlash joiz. Sizlar yaratgan ilmiy ishlanmalar, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlar sohaning barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutmoqda.
Ayniqsa, bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, resurslardan oqilona foydalanish va hosildorlikni oshirish kabi dolzarb masalalarda sizlarning ilmiy yondashuvingiz va tajribangiz katta ahamiyat kasb etmoqda.
Shu muborak ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, ilmiy faoliyatingizda yangi yutuqlar, oilalaringizga tinchlik va farovonlik tilayman. Mehnatingiz samarali, izlanishlaringiz bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Shodmon Namozov
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube