repost #Uzbekiston24 #Samarqand #TDT_sammit

O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma biznes forumi doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar va venger kompaniyalari vakillari o‘rtasidagi “B2B” va “G2B” shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev ham ishtirok etmoqda.
Lavhada Alisher To‘rayev bugungi biznes forumi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi sohasiga qanchalik manfaatli bo‘lgani haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Xususan, chorvachilik va urug‘lik kartoshkachilik yo‘nalishi bo‘yicha Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida muhim kelishuvlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab o‘tdi.
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM