Respublikamizning ustuvor yo‘nalishlardan biri barchamiz uchun global masalaga aylanayotgan elektr energiyasining zarurligi va undan oqilona foydalanish, arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy…

energetikani joriy etish choralarini ko‘rishdan iboratdir.
"Yashil" quvvatdan foydalanish bu borada eng oqilona yechim sifatida baholanmoqda.
Shu bois Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalar va tashkilotlarda ham quyosh energiyasidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.
Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ma’sudjon Sattorov institut binosida 15 kVt lik quyosh panellarini o‘rnatgach, ish jarayonida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar barham topdi. Shundan so‘ng u o‘z xonadoniga 7 kVt energiya ishlab chiqaruvchi quyosh panellarini o‘rnatdi.
Ma’sudjon Sattorovning ta’kidlashicha, quyosh panellaridan foydalanish katta qulaylik yaratadi. Har qanday holatda ham xonadonda chiroq o‘chmaydi, maishiy texnikalar ishlab turadi.