SABZAVOT VA POLIZ EKINLARINING HARORATGA MUNOSABATI

Ular 4 ta guruhga bo‘linadi:
Qish fasliga va muzlamaga chidamli ekinlar:
Piyoz, shovul, sparja. Bu o‘simliklarning rivojlanishi +1 darajadan boshlanadi.
Sovuqqa chidamli ekinlar:
Karam, salat bargi, shivit, ismaloq, bir yillik piyoz, sarimsoq, no‘xot va ildizmeva tarkibiga kiruvchi sabzavotlar. Bular rivojlanishining boshlang‘ich harorati +2 dan boshlanadi, +32 darajadan keyin ularda o‘sish umuman to‘xtaydi.
Iliqsevar ekinlar:
Bu guruhga bodring, qovoqcha, pomidor, achchiq va bulg‘or qalampiri, baqlajon singari sabzavotlar kiradi. Ularning urug‘i +12 darajadan keyin unishni boshlaydi. Ularning optimal o‘sish harorati +20 +28 daraja. +15 dan past va +30 darajadan baland haroratda ozuqa moddalarning yetib borishi va o‘sish jarayoni sekin-asta to‘xtaydi.
Issiqsevar ekinlar:
Bular tarvuz, qovun, oshqovoq, makkajo‘xorilardan iborat. Ular issiqlikka talabchan, rivojlanishi esa, hatto +40 darajadan keyin ham davom etadi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube