Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Sabzavotchilikda yangicha yondashuv

Sabzavotchilikda yangicha yondashuv
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbus bilan Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilmiy-tajriba stansiyasida sabzavot ekinlarini yetishtirishning yangi usullari bo‘yicha ilmiy tajribalar olib borilmoqda. Tajribalar doirasida bodring, pomidor va kartoshkani plyonka bilan qoplangan dugalar ostida, piyozni esa qizil himoya to‘ri ostida yetishtirish texnologiyalari amaliyotda sinovdan o‘tkazilmoqda. Mazkur ilmiy izlanishlar sabzavot ekinlarini past harorat, yog‘ingarchilik va havo haroratining keskin o‘zgarishidan himoya qilish, shuningdek, kechki muddatlarda yetishtiriladigan ekinlarni zararkunandalardan asrashning samarali usullarini ishlab chiqishga qaratilgan. Tajribalar davomida qoplamalar ostida shakllanadigan mikroiqlim, himoya vositalarining ekinlar o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri, zararlanish darajasi, hosildorlik hamda mahsulot sifati o‘rganilmoqda. Jumladan, piyoz yetishtirishda qizil himoya to‘rining zararkunandalarga qarshi samaradorligi ochiq maydonda yetishtirilgan ekinlar bilan qiyosiy tahlil qilinmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida sabzavot ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishga qaratilgan ilmiy-amaliy agrotexnologik tavsiyalar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.