Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sabzavotchilikning global muammolariga zamonaviy innovatsion ilmiy yechimlar muhokama qilindi

Sabzavotchilikning global muammolariga zamonaviy innovatsion ilmiy yechimlar muhokama qilindi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida “Sabzavotchilikning global muammolarini zamonaviy innovatsion ilmiy yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy va xorijiy olimlar, soha mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari faol ishtirok etdi. Konferensiyaning nazariy qismida yetakchi olimlar tomonidan sabzavotchilikda uchrayotgan global muammolar, iqlim o‘zgarishining ta’siri, hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan dolzarb ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Bildirilgan fikr va takliflar sohaning bugungi holati hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Anjumanning amaliy qismi esa ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar institutning tajriba maydonlari va zamonaviy issiqxonalarida olib borilayotgan ilmiy tajribalar bilan yaqindan tanishib, yangi nav va texnologiyalarni bevosita ko‘zdan kechirish imkoniga ega bo‘ldi. Konferensiya yakunida muhokama qilingan mavzular yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu tavsiyalar sabzavotchilik tarmog‘ini innovatsion rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi. Anjumanning yorqin lahzalari bilan videorolik orqali tanishishingiz mumkin! Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.