Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Samaradorlik va natijaga erishish o‘z qo‘limizda

Samaradorlik va natijaga erishish o‘z qo‘limizda
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq, Nishon tumani "Karimov avlodlari" fermer xo‘jaligi urug‘lik dala maydoni bilan tanishdi. 50 gektar maydonni o‘z ichiga olgan hududda bir yil tindirilgan g‘alla urug‘i ekilgan. Vazir hududni ko‘zdan kechirar ekan, bu yerda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilayotgani o‘z samarasini ko‘rsatganini e’tirof etdi. O‘z navbatida, yarovizatsiyalangan urug‘ning ustunligi, kelgusi jarayonlarda albatta urug‘ tanlashda yarovizatsiyalangan urug‘ ekish zarurligi, bu o‘z navbatida hosildorlikning oshishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shundan so‘ng vazir yondosh hududda joylashgan "Asror Bobanovich" fermer xo‘jaligi urug‘lik g‘alla maydonini ko‘zdan kechirdi. 16 gektarlik hududda yarovizatsiyalangan hamda 4 gektar maydonda tindirilgan urug‘ "asr chilgisi" navi ekilgan. Vazir dala maydonini ko‘zdan kechirar ekan, urug‘lar kech ekilgani sabab bu yerda hech qanday farq mavjud emasligi va bunda o‘rtasidagi farqni fermer xo‘jaligi mas’uli ikki maydonda ekilgan navlarning yetilishi va hosildorligi, amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlarni ketma-ketlikda yozib borishi va hosildorlik, kutilgan natija va samaradorlikni doimiy nazorat qilib borishi xususida topshiriq berdi. Zero, samaradorlik va natijadorlikka erishishda har bir xodim mas’uliyatni his etgan holda ish olib borishi zarur. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.