SAMARQAND KONFERENSIYASI O‘Z ISHINI BOSHLADI

Qadim Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning texnik ko‘magida tashkil etilgan mazkur konferensiya 7–8 sentyabr kunlari davom etadi. Tadbirda 15 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 8 mamlakatdan vazir o‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya qatnashchilariga yo‘llagan murojaatini Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi. Unda jumladan shunday deyilgan:
— Albatta, ushbu konferensiya uchun aynan Samarqand shahri tanlangani bejiz emas. Qariyb uch ming yillik tarix va madaniyatga ega bo‘lgan bu ko‘hna shahar asrlar davomida Buyuk ipak yo‘lidagi muhim chorraha bo‘lib kelgan. Sizlarga yaxshi maʼlumki, oziq-ovqat xavfsizligi, uni barqaror yetkazib berish, ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash masalalari bugun ham o‘ta dolzarb bo‘lib qolmoqda.
#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand
WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram