Samarqandda kartoshka urug‘chiligi yo‘nalishida zamonaviy mutaxassislar tayyorlanadi

Kartoshka yetishtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi muhim yo‘nalishlardan biri. Undan mo'l hosil olish esa urug'likning sifatiga bog'liq. Urug‘lik sifatsiz bo‘lsa qilingan mehnat va sarf-xarajat o‘zini oqlamaydi. Natijada bozorda ushbu mahsulotning narxida beqarorlik yuzaga keladi. Masalaga yechim sifatida mamlakatimizda kartoshkaning yuqori avlodli urug‘liklarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ham yuqori. Ayni maqsadda Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamda Koreya Xalqaro bog‘dorchilik instituti hamkorligida "Urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha maxsus amaliyot dasturi" ni yo‘lga qo‘ydi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube