Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sara urug' — mo'l hosil garovi

Sara urug' — mo'l hosil garovi
Ayni kunlarda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining “Urug‘chilik va milliy genbank” laboratoriyasi tajriba maydonlarida g‘alla hosilini yig‘ib olish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Mutaxassislar tomonidan sara urug‘lik donni yig‘ib olish va jamg‘arish ishlari alohida nazorat ostida olib borilmoqda. Laboratoriya mudiri Shahnoza Hazratqulovaning ta’kidlashicha, asosiy e’tibor iqlim sharoitiga moslashgan, kasalliklarga chidamli hamda yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega urug‘lik donni saralash va jamg‘arishga qaratilgan. Sifatli urug‘lik jamg'arish nafaqat hosildorlikni oshirish, balki g‘allachilikda barqaror natijalarga erishish hamda yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim omillardan biridir. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.