Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sarhisob

Sarhisob
Sholichilik: natijalar tahlil qilinib, vazifalar belgilandi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti mamlakatimizda yagona sholi ilmi markazi sifatida faoliyat yuritmoqda. Ushbu institut tomonidan yaratilgan sholi navlari nafaqat mahalliy sholikorlar, balki qo‘shni respublikalarda ham keng miqyosda yetishtirilmoqda. 2024-yilda sohaga innovatsion yondashuvlarni joriy etish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, xalqaro grantlar jalb etilib, zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalar olib kelindi. Jumladan, Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot markazi (IRRI) bilan hamkorlik doirasida “O‘zbekiston uchun iqlim o‘zgarishlariga chidamli sholi navlari va duragaylarini keng miqyosda yaratish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida institutga 4,7 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilib, yangi yuqori hosildor navlarni yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. Ilmiy yutuqlar O‘tgan yilda institut ilmiy jamoasi tomonidan: • Sholining 2 ta yangi navi, • Soyaning 1 ta yangi navi, • Moshning 1 ta yangi navi yaratildi. Institut olimlari izlanishlari natijasida 55 ta ilmiy maqola, 87 ta tezis, 5 ta monografiya chop etildi. E’tiborlisi, ushbu maqolalarning 9 tasi xalqaro Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan nashrlarda e’lon qilingan. Hisobot yig‘ilishida ko‘tarilgan muammolar va takliflar Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Mas’udjon Sattarov Milliy markazda bo‘lib o‘tgan hisobot taqdimotida sohadagi yutuqlar va dolzarb muammolar yuzasidan ma’lumot berdi. Hisobot taqdimotidan so‘ng, sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Tanqidiy fikr-mulohazalar: Innovatsion va fundamental tadqiqotlar amalga oshirilmagan. Hisobot tayorlanishida yuzakilikka yo'l qoyilgan. “Xonadonbay” ilmiy loiyiha yakuniga etmagan. Milliy markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov yig‘ilish davomida ushbu masalalarni ko‘tarib, mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish zarurligini ta’kidladi. Yig‘ilish yakunida hisobotda keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarining samaradorligini oshirish va natijadorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli bo‘lim rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.