sarhisob

Kecha kunning ikkinchi yarmida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Toshkent viloyati Agroxizmatlar ko‘rsatish markazining 2023 yildagi faoliyati natijalari sarhisob qilindi.
Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Koreya hukumatining 21,4 mln dollarlik grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarning holati yuzasidan ma’lumot berildi.
Faktlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan yilda 104 marta seminarlar o‘tkazilib, unda 9462 nafar mutaxassislar ishtirok etgan. Pullik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 8 ta shartnoma tuzilib, 179,2 mln so‘m mablag‘ ishlab topilgan.
Erishilayotgan yutuqlar bilan birga yechimini kutayotgan muammolar va takliflar ham o‘rtaga tashlandi.
Shuningdek, joriy yilda amalga oshiriladigan istiqboldagi rejalar ham muhokama qilindi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz