Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Savdo rastalarida bayramona kayfiyat hukmron, har bir mahsulot esa hamyonbop

Savdo rastalarida bayramona kayfiyat hukmron, har bir mahsulot esa hamyonbop
Xabaringiz bor, har yili Yangi yil munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlaridagi dehqon bozorlarida yurtdoshlarimizning oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etiladi. Kuni kecha poytaxtimizdagi barcha dehqon bozorlarida ana shunday yarmarkalar yana o‘z faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Navro‘z” dehqon bozoriga tashrif buyurib, arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo jarayonini ko‘zdan kechirdi. Savdo rastalari yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, salqin ichimliklar, go‘sht, guruch hamda bayram dasturxoni uchun zarur bo‘lgan eng kerakli noz-ne’matlar bilan to‘ldirilgan. Qayd etish joizki, ushbu bozorga Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mas’ul etib belgilangan. Shu bois bu yerga farg‘onalik mirishkorlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar peshma-pesh yetkazib berilmoqda. Kirib kelayotgan Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan yarmarkalarda sifatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari arzon va hamyonbop narxlarda xaridorlarga taklif etilmoqda. Xususan, tuxum donasi 1 000 so‘mdan, import go‘shtning bir kilogrammi 65 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha, mahalliy go‘sht 85 000 so‘mdan, tovuq go‘shti esa 25 000 so‘mdan sotilmoqda. Zero, tinch va osoyishta yurtga bayramlar yarashadi, bayramni to‘kin dasturxon atrofida nishonlashning gashti esa o‘zgacha. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.