Savol: Qizil loviyaga tushgan o‘rgimchakkana qarshi qanday samarali vosita bor?

Kanalimizning kuzatuvchisidan kelgan shu savolga Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI laboratoriya mudiri Kamol Mamatov quyidagicha javob berdi:
Parpargit (Propargite)
Guruhi: akarisid
Faol moddasi: Propargite (ammiak derivatlari)
Ta’siri: o‘rgimchakkananing barcha bosqichlariga (lichinka, nimfa, katta) qarshi samarali
Qo‘llash miqdori: 1,5–2,0 l/ga
Karentsiya: 20–30 kun
O‘ziga xosligi: tashqi ta’siri kuchli, ichki to‘qimalarga kam singadi
Vertimek (Abamectin)
Guruhi: biologik insektisid-akarisid
Faol moddasi: Abamectin
Ta’siri: o‘rgimchakkanalarning nerv tizimiga ta’sir qilib, falaj qiladi
Qo‘llash miqdori: 0,2–0,3 l/ga
Karentsiya: 14–20 kun
O‘ziga xosligi: havo harorati 20°C dan yuqori bo‘lsa, samarasi kuchayadi
Nissoran (Hexythiazox)
Faol moddasi: Hexythiazox
Afzalligi: o‘rgimchakkananing tuxumlariga ham ta’sir qiladi
Turli brendlar ostida sotuvda mavjud:
Agrilex 5%
Nissoran 10%
Acar Gold (Hexythiazox + Propargite)
Akara Bio
Qo‘llash me’yorlari:
Nissoran va Agrilex – 0,2 kg/ga
Acar Gold, Akara Bio – 0,3–0,5 l/ga
Agrobiomek 5% (Abamectin)
Bugungi kunda sinovdan o‘tib, yuqori natija bergan vosita
Qo‘llash miqdori: 0,2–0,4 l/ga
Samaradorlikni oshirish uchun:
10 litr suvga 15 gramm PAV (yopishtiruvchi modda) qo‘shish – bu preparatning barglarga yaxshi yopishishini va ta’sirini oshiradi
Dorilarni salqin va sokin paytda (ertalab yoki kechqurun) qo‘llash tavsiya etiladi
Sizda ham o‘simlik kasalliklari yoki zararli hasharotlar bo‘yicha savol bormi?
"Agro Info" siz uchun ishlaydi — savolingizni bot orqali yoki izohda yo‘llang!
https://t.me/dehqongayordam
#o‘rgimchakkana #akarisid #sabzavotchilik #qizilloviya #agromaslahat #agroinfo