SAYYOR LABORATORIYA XIZMATLARI

Toshkent viloyati Agroxizmatlar Markaziga fermer A.Tojinazarov va A.Abdujalilovlar tuproq na’munalarini laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishni so’rab murojaat qildi va tegishli tartibda shartnomalar imzolandi.
Shundan so‘ng, Markaz mutaxassislari “Rahimjon Tojinazar Omad” va “Muslimaxon Oltin kuz hosili” fermer xo‘jaliklariga borib, tuproq na’munalarini olishdi. Ularga tegishli bo‘lgan 40.2 va 26.5 gektar yer maydonlarining meliorativ holati o‘rganildi.
Toshkent viloyati Agroxizmatlar Markazi hosil unumdorligini oshirish va yerning meliorativ holatini yaxshilashni xohlovchi barcha fermer, dehqonchilik xo‘jaligi va tomorqa yer egalariga o‘z xizmatlarini taklif etadi.
Zamonaviy laboratoriya uskunalari yordamida sizning tuproq na’munalaringiz sifatli tekshiruvdan o‘tkaziladi va holatni yaxshilash bo‘yicha mavsum davomida mutaxassis tavsiyalari berib boriladi.
Tahlil natijalari shartnoma shartlariga asosan 7 ish kunida buyurtmachiga yetkaziladi.