SAYYORAMIZ XAZINASI

Bir osh qoshiq tuproqda tirik organizmlar soni yer yuzidagi odamlarga qaraganda ko‘proq.
Biz isteʼmol qiladigan oziq-ovqatlarning 95 foizi tuproqda o‘sadi.
Tuproq yerdagi eng yirik suv filtridir. Uning tarkibidagi uglerod hajmi bo‘yicha sayyoramizda okeanlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Tuproq iqlimni tartibga solishga yordam beradi. Ya`ni, sifatli, unumdor tuproq uglerodni saqlab, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatadi.
Sayyoramizda harorat keskin ko‘tarilib ketishining oldini oladi.
Tuproq – bu uy. Yer yuzidagi barcha hayvonlarning to‘rtdan biri hayotining bir qismini tuproqda o‘tkazadi.
Sayyoramizdagi quruqlik suvdan ancha kichik bo‘lsa ham undagi tirik organizmlarning umumiy biomassasi dengiz va okeanlarnikidan bir necha baravar yuqori.
#bu_qiziq #tuproq
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM