Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

scopus_web_of_science

scopus_web_of_science
G‘o‘zaning vertitsillioz va fuzariozga chidamli yangi shakllari yaratildi International Journal of Agronomy (Q2) xalqaro jurnalida "Development of new cotton varieties resistant to verticillium and fusarium wilt" mavzusida ilmiy maqola chop etildi. Xalqaro ilmiy tadqiqotda g‘o‘zaning vertitsillioz va fuzarioz so‘lishiga chidamli yangi seleksiya materiallari yaratildi. Tadqiqotda markerga asoslangan seleksiya, fitopatologik baholash va biokimyoviy tahlillar uyg‘un holda qo‘llanib, kasallikka bardoshli istiqbolli duragaylar ajratib olindi. Natijalarga ko‘ra, CBRI_3 va CBRI_8 duragaylari eng yuqori chidamlilikni namoyon etdi. Ayniqsa, CBRI_3 genetik markerlar bo‘yicha ham, fiziologik himoya reaksiyalari bo‘yicha ham eng istiqbolli manba sifatida baholandi. Tadqiqot yakunida CBRI_3 asosida L-1077 liniyasi ajratilib, u vertitsillioz va fuzariozga yuqori chidamlilik, yuqori hosildorlik hamda sifatli tola ko‘rsatkichlari bilan ajralib turgani qayd etildi. Mazkur liniya C-6602 nomi bilan patentga tavsiya etilgan. Maqola (Q2) hammualliflari orasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti bo'lim mudiri Ozod Turaevning ishtiroki institut yutug'idir. Maqola bilan batafsil tanishish uchun havolaga o'ting: Development of new cotton varieties resistant to verticillium and fusarium wilt BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING! O'GRITI axborot xizmati Telegram   Instagram Facebook WEB

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.