Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seed Potato Smart Farm Internship” amaliy-o‘quv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi

Seed Potato Smart Farm Internship” amaliy-o‘quv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi
Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamda Koreya Respublikasining Xalqaro bog‘dorchilik instituti hamkorligida tashkil etilgan 3 oylik “Seed Potato Smart Farm Internship” amaliy-o‘quv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi. Dastur davomida tinglovchilar zamonaviy urug‘lik kartoshka yetishtirish texnologiyalari, to‘qimalar kulturasi (tissue culture) hamda gidroponika asosidagi issiqxona texnologiyalari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, koreyalik mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga K-Smart Farm tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Dastur davomida ishtirokchilar aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim tajriba orttirdilar. Dastur yakunida faol va namunali ishtirokchilar taqdirlandi hamda muvaffaqiyatli yakunlagan 8 nafar tinglovchiga sertifikatlar topshirildi. Mazkur dastur xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yosh mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda zamonaviy agroinnovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.