Seminar

Ilm va tajriba uyg’unlashsa natija kutilganidek bo’ladi
Habaringiz bor shu kunlarda Farg‘ona viloyatining barcha tumanlarida g‘allachilik yo‘nalishidagi klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun amaliy o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlar Prezidentimizning tegishli qarori ijrosini ta’minlash doirasida, g‘allachilikda hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu tadbirlarda Respublika ishchi guruhi rahbari, Milliy markaz bo’lim boshlig’i O‘lmasboy Sobitov, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Ilhom Egamov, Farg‘ona viloyat agroxizmatlar markazi rahbari Ravshanbek Qurbonov va bir guruh soha olimlari hamda mutaxassislar ishtirok etdi. Ular tomonidan ishtirokchilarga ilmiy-nazariy bilimlar bilan birga, amaliyotga oid muhim ko‘rsatmalar berib kelinyapti.
Bugun viloyatning Bag‘dod, Buvayda va Uchko‘prik tumanlarida ham seminarlar davomi tashkil etildi.
Dala seminarida ushbu tumanlardagi bir qator fermer xo‘jaliklari, klasterlar rahbarlari va agronomlari faol ishtirok etdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube