Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

SEMINAR

SEMINAR
G‘alla parvarishida innovatsiya va tajriba uyg‘unligi Bugun Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida g‘alla parvarishida qo‘llanilayotgan ilg‘or agrotexnik usullar, innovatsion yondashuvlar va ilmiy tavsiyalar muhokama qilindi. Tadbirda soha olimlari, agronomlar hamda sohadagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etib, o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular tomonidan g‘alla parvarishidagi dolzarb masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, sohaga zamonaviy agrotexnologiyalarni, jumladan, agrodronlar imkoniyatlaridan samarali foydalanishning afzalliklari alohida ta’kidlandi. Seminar doirasida maydon sharoitida ko‘rgazmali chiqishlar va savol-javoblar ham tashkil etildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.