SEMINAR

Qishloq xo’jaligida resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanish - davr talabi
“Zamin” xalqaro jamoat fondi vakillari, Akademik M. Mirzaev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Rossiyaning “Terra Tech” AJ (Roskosmos davlat korporatsiyasi), VNIIGIM im Federal ilmiy markazi, “Limatek” MChJ, Flyseeagro kompaniyalar guruhi, “Transutilization” MChJ bilan hamkorlikda “Qishloq xo’jaligida resurs tejaydigan (suv, energiya va tuproq) texnologiyalarni joriy etish bo’yicha texnologik yechim” mavzusidagi seminar tashkil etildi.
Semenarda - Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog’dorchilik, Uzumchilik va Vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalari (online formatda), “Hosildor zamin” zamonaviy ko’chatchilik ta’lim majmuasi tinglovchilari, Qarshi Davlat Universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari, Qashqadaryo viloyati Qishloq xo’jaligi boshqarmasi “Bog’dorchilik bo’limi”, Qishloq xo’jaligida xizmat ko’rsatish agentligi Qashqadaryo viloyat bo’limi xodimlari ishtirok etdilar.
Seminarni Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori o’rinbosari Ahmadjon Qosimov kirish so'zi bilan ochib berdi. Shunjdan so'ng, seminarda mehmon sifatida online formatda qatnashgan rossiyalik professor-olimlar tomonidan “Kosmik tasvirlar ma’lumotlarini tahlil qilishni avtomatlashtirishda zamonaviy yondashuvlar”, “Suv resurslarini qishloq xo’jaligi manfaati uchun taqsimlashni optimallashtirishning ekologik-iqtisodiy mezonlari”, “Suvli tuproqlarda don uchun makkajo’xori yetishtirishning suvni tejaydigan texnologiyasi”, “Gidrosorbentlar yordamida sug’oriladigan kartoshka yetishtirishda suvni tejash texnologiyasi”, “Suvni tejaydigan innovatsion texnologiyalar asosida sholi yetishtirish”, “Arid sharoitda tarvuz yetishtirishning resurs tejovchi texnologiyasi”, “Bioprinttech. AquaOasis - suv omborining ekologik muozanatini bosqichma-bosqich tiklash uchun tabiiy energiya tejovchi texnologiya”, “O’simliklarni entomofaglardan uchuvchisiz havo tizimlari yordamida biologik himoya qilish”, “Organik chiqindilardan biogaz, elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, o’g’itlar ishlab chiqarish uchun foydalanish” mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Seminar savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy tarzda, ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube