Seminar

Qoraqalpog‘istonda sho‘rlangan yerlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro seminar
Xo‘jayli tumanida Abu-Dabi rivojlantirish fondi va Sho‘rlangan tuproq sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan “Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan hududlarida muntazam ravishda qishloq xo‘jaligi sistemasini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarni ICBA xalqaro tashkiloti bosh direktori Doctor Tarifa Alzaabi onlayn tarzda ochib berdi va o‘z nutqida kelajakda global muammolarni hal etishga qaratilgan yirik loyihalar olib borilishini ta’kidladi.
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bekmurat Turdishev so‘zga chiqib, ushbu loyihaning mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega ekanini aytib o‘tdi. Shuningdek, chet el o‘simlik navlarini yetishtirish orqali ularning agrotexnologiyasini ishlab chiqish, stressga, sho‘rga va suvsizlikka chidamliligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Seminarda 120 dan ortiq fermerlar, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va yoshlar ishtirok etdilar
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube