Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seminar

Seminar
BIR MAHALLA - BIR MAHSULOT Bir mahalla- bir mahsulot bu Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish, daromadlarini oshirishga xizmat qilishi ko'zda tutilgan. Ushbu tashabbusni ilgari surish maqsadida Respublika bo'ylab ayni mavzuga bag'ishlangan ko'rgazmali seminarlar bo'lib o'tmoqda. Shunday seminarlardan biri Namangan viloyatining Norin tumani "Pastki Xo'ja" mahallasida bo'lib o'tdi. Unda Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda tuman MFY raislari ishtirok etdi. Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan in-vitro usulida yetishtirilgan ko'chatlar yarmarkasi ham tashkil etildi. Shuningdek seminar qatnashchilariga qishloq xo'jaligi agregatlari, o'simliklarni himoya qilish va yetishtirish vositalari haqida batafsil ma'lumot va tavsiyalar berildi. Mahalla hududida esa "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida daraxt ko'chatlari ekildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.