Seminar

"MUNIS" LOYIHASI EKSPERTLARI BILAN SEMINAR BO'LIB O'TDI
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Jahon Banki “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (“MUNIS”) loyihasi ekspertlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalaring rahbar o'rinbosarlari va laboratoriya mudirlar ishtirok etdi. Seminarni direktor Shuhrat Otajonov ochib berdi.
"MUNIS" loyihasi ilmiy-tadqiqot institutlariga kichik grantlar ajratgan holda ilmiy natijalarni tijoratlashtirish va keng targ'ibot qilinishini qo'llab-quvvatlaydi va ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Jahon banki ekspertlari mazkur loyihada ishtirok etish shartlari, loyiha konsepsiyasi va ariza to'ldirish qoidalari bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube