Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seminar

Seminar
KO‘SAK QURTIGA CHIDAMLI G‘O‘ZA NAVI SINOVDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TDI Xabaringiz bor, joriy yilda respublikada g‘o‘za ekiladigan umumiy maydonning 10 foizida chetdan keltirilgan g‘o‘za navlari parvarish qilindi. “Nath Bio-Genes CA” O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasi tomonidan ham respublikamizda 100 gektar maydonda kasallik va zararkunandalarga chidamli g‘o‘za navlari ekilgan. Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi “Ahmad Juma o‘g‘li” fermer xo‘jaligining 10 gektar yer maydonida geni o‘zgartirilgan hind paxtasining “NECH-6” gibrid navi “Fusion gen Technology” ekilgan. Ushbu nav vegetatsiya davrida o‘zining ijobiy sifatlarini namoyish etdi. Ayni daqiqalarda mazkur fermer xo‘jaligida Hindiston seleksiyasiga mansub ko‘sak qurtiga chidamli nav xususiyatlarini fermerlarga tanishtirish maqsadida dala seminari bo‘lib o‘tyapti. Seminarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va hindistonlik mutaxassislar fermerlarga ma’lumotlarni taqdim qilmoqdalar. Shuhrat Otajonov chetdan keltirilgan navlar kelgusida urug‘lik qaramligini keltirib chiqarmasligi, aksincha ushbu navlardagi eng yaxshi xususiyatlarini o‘zimizning navlarga ko‘chirilishini ta’kidladi. Fermerlar nav xususiyatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqdalar. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.