Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Seminar

Seminar
Bugungi kunda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi klasster, fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda mahalliy tomorqa yer egalari agrotexnik tadbirlarni bajarishda duch kelayotgan muammolarni tez va sifatli bartaraf etish maqsadida tumanlardagi agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan tavsiya va maslahatlar berib kelinmoqda. Shuni inobatga olib, Toshkent viloyati tumanlaridagi Agroxizmatlar markazi mutaxassislarining malakasini oshirish hamda ularni ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati bilan yaqindan tanishtirish va kelajakda hamkorlik oʻrnatish maqsadida oʻquv seminar dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, bugun ushbu seminarga akademik M.Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida start berildi. Ayni paytda agromaslahatchilar mutaxassislar tomonidan oʻqitilmoqda. Ma’lumot uchun, ushbu oʻquv-seminari hafta mobaynida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutlarida bo'lib o'tadi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.