Seminar

#QDITI
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash laborotoriyasi vakillari "Qoraqalpog‘iston sharoitida sho‘rga chidamli g‘o‘za navlarini parvarishlashda kombinatsiyalashgan agregatlar yordamida yerga ekish oldidan ishlov berish agrotexnologiyalari" mavzusida video-konferens aloq shaklida taqdimot qilishdi.
Laboratoriyada Qoraqalpog‘istonning ekstremal tuproq iqlim sharoitida yangi texnologiyani yaratish asosida tuproqni shudgorlash davrida tuproqqa asosiy ishlov berish bilan tuproqni ekishga tayyorlash, urug‘larni sifatli qatorlab ekadigan jumladan, chigit ekish uchun seyalka-kultivator bazasida kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqildi. Ayni vaqtda ushbu texnikaning hosildorlikni oshirish, resurs va energiya sarfini kamaytiruvchi tajribaviy nusxasini tayyorlash, uning agrotexnik ko‘rsatkichlarini hamda iqtisodiy samaradorligini o‘rganish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
⌛Taklif etilayotgan uslubdagi eksperimental agregatning ishchi organlarining har xil tuproq sharoitiga moslashtirilgan va har hil komplekti tavsiya etildi. Og‘ir va boshqa tuproqlar uchun paxtachilik kultivatorining oldingi qismi seyalka-kultivatorga o‘zgartirilib maxsus ishchi organlar bilan jihozlandi. Urug‘ ekadigan organlar oldidan kultivator qismiga joylashtiriladi. Agregatning orqa qismi yoppasiga kapillyarni buzish va begona o‘tlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
Milliy markaz ekspertlar guruhi ushbu ilmiy-tadqiqotni yanada boyitish va takomillashtirish bo'yicha o'z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube