Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seminar

Seminar
Xabar berib borayotganimizdek, Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tyapti. Ayni paytda hozirgina tadbirga yetib kelgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori, professor A. To‘rayev uzumchilik o‘zbek xalqining qadriyatlaridan biri ekanligi, qishloq joylarda uzumchilikni rivojlantirish orqali oilalarda farovonlikni ta’minlash haqida fikr bildirmoqda. A. To‘rayev kasallik va viruslardan holi bo‘lgan uzum ko‘chatlarini tanlash, shuningdek uzumni payvand qilishda sifatli payvandtak va payvandustlarni tanlash zarurligini ta’kidlamoqda. Buning uchun, albatta aholiga agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini kengaytirish haqida fikr bildirib o‘tdi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.