Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seminar

Seminar
Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” mavzusida seminar boshlandi. Seminar ishtirokchilari dastlab ilmiy muassasada yaratilgan yangi navlar va ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu seminarda meva-sabzavotchilik yo‘nalishida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalalari muhokama qilinmoqda. Seminarda Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi B. Tajiyev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi departament boshlig‘i Z. Artiqov, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori o‘rinbosari F. Qirg‘izboyev, ilmiy xodimlar va mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.