Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seminar

Seminar
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Janubiy Koreyaning DICA mutaxassislar Kang Doi-Sung va Kim Johan ishtirokida institut ilmiy xodimlari, tayanch doktorantlar, yosh tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun seminar tashkil etildi. Seminar Janubiy Koreyaning KRC/DICA (Koreya qishloq jamiyatlari koorporatsiyasi va Koreyaning Qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlik instituti) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Seminarni Sabzavot, poliz ekinlar iva kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Rustam Nizomov “O‘zbekistonda pomidor yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi taqdimoti va kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng Koreyalik mutaxassislar pomidor, shirin qalampir va achchiq qalampir ko‘chatini yetishtirish, ekish, oziqlantirish, sug‘orish, o‘simlikni kassallik va zararkunandalardan samarali himoya qilish bo‘yicha ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni taqdim qildi. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.