Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

seminar

seminar
Qarshi tumani agromaydonida "Nath Bio-Genes" Xalqaro urug`chilik kompaniyasining mutaxassislari dr.Venkatesh Kulkarni, Roshanlal Suthar ishtirokida "Ozuqa ekinlarining yangi turlari va yetishtirish agrotexnologiyasi" mavzusida dala seminari tashkil etildi. Tadbirda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari,klaster va fermer-dehqonlar qatnashdi.Agrar sohadagi chorvachilik rivojida dolzarb bo`lgan ozuqa ekinlarini ko`paytirish, bu borasida qilinayotgan amaliy ishlar xususida mutaxassislar tomonidan atroflicha malumotlar berildi. Hamkorlik asosida xorijdan keltirilgan ozuqabop yangi ekin turlarini yurtimiz iqlimiga moslashtirish, uning dastlabki urug`chiligini tashkil etish borasida qilingan sa`y-harakatlar o`z natijasini berayotgani alohida ta`kidlab o`tildi, shuningdek institutning tajriba maydonida yetishtirilayotgan afrika tarig`i va uni ozuqa ekini sifatida yetishtirish agrotexnologiyasi haqida foydali tavsiyalar berildi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.