seminar

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish EU-AGRIN” loyihasida Toshkent viloyatida tashkil etilgan Innovatsion guruh a’zolarining targ‘ibot materiallarini tayyorlash va treninglar o‘tish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminari bo’lib o’tdi.
Seminar davomida, ishtirokchilarga EU-AGRIN loyihasi targ‘ibotiga asosiy talablar, logotiplardan foydalanish, axborot materiallarida gender tenglikni ta’minlash bo’yicha tavsiyalar taqdimoti uyushtirildi. OAV uchun axborot materiallari sifatida press-reliz va qisqa post yozish, fotosurat tushirish, infografika uchun ma’lumotlar tayyorlash bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz