Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seminar

Seminar
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida sabzavot, poliz va kartoshkachilikni barqaror rivojlantirish muammolari va istiqbollari muhokamalar markazida Bugun Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmini va mahsulot ishlab chiqarishni zamonaviy yondoshuv asosida barqaror rivojlantirishning muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanni Milliy markaz direktori o‘rinbosari Sohibjon Islomov kirish so‘zi bilan ochdi. Anjuman doirasida global iqlim o‘zgarishi sharoitida sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohalarida so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari, sohadagi mavjud muammolar hamda ularga ilmiy yechimlar, shuningdek, istiqboldagi rejalar va tavsiyalar muhokama qilindi. Yangiliklardan xabardor bo‘lib, agrotexnologiyadagi so‘nggi yutuqlarni biz bilan kuzatib boring! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.