Seminar

Qishloq xo‘jaligida intensiv agrotexnologiyalar
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish va sohaga oid dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermerlar hamda soha olimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida xalqaro tajribaga asoslangan yangi navlarini ko‘paytirish, hamkor tashkilotlar bilan tajriba almashish va sohaga ilg‘or yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Mutaxassislar iqlim o‘zgarishlariga mos va kasalliklarga chidamli navlarni yetishtirish orqali qishloq xo‘jaligida barqarorlikka erishish mumkinligini ta’kidladilar. Shuningdek, olimlar xalqaro standartlarga mos ilmiy izlanishlar olib borib, ularni amaliyotga tatbiq etish zarurligini qayd etdilar.
Seminar ishtirokchilari bunday tadbirlar sohaga yangi bilim va yondashuvlar olib kirish, fermerlar salohiyatini oshirish va umumiy taraqqiyotni jadallashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube