Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

seminar #ITI #tajriba

seminar #ITI #tajriba
Ayni vaqtda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida mevali va manzarali ko‘chatlarni payvandlash ishlari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda. Unda institutning Jizzax, Charxin, Qashqadaryo, Surxondaryo, Bandixon, Buxoro, Navoiy, Xorazm va Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyalari xodimlari bilan birga Hindiston davlatidan taklif etilgan mutaxassislar ham ishtirok etishmoqda. Seminarda yangi payvandtaglar, onalik bog‘lardan ichki va tashqi bozor uchun xaridorgir, eksportbop navlarni tanlash hamda ularni ko‘paytirish va yetishtirish agrotexnikasiga doir masalalar ko‘rib chiqilmoqda. Obuna bo'ling: WWW /TELEGRAM /FACEBOOK YOUTUBE /INSTAGRAM

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.