Seminar #odob_axloq_qoidalari #davlat_xizmatchilari

DAVLAT XIZMATCHILARINING ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI
Toshkent davlat agrar universitetida O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda targ‘ib qilish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda turli vazirlik, qo‘mita va agentliklar xodimlari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlaridan 140 nafardan ortiq masʼul xodimlar, jami 400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
BatafsilWWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM