Seminar-trening tushlikdan so’ng ham davom etdi.

Maxsus ekspertlarimiz Ivan Xorvat va Murod Rasulovlar AKIS doirasidagi maslahat xizmatlari tarixi, hozirgi va kelajakdagi roli, funksiyalari, shuningdek, maslahat ishidagi usullar va turli hil amaliyotlar, maslahat to’plamlari hamda individual maslahat ishining keyingi bosqichlari haqida batafsil to’xtalib o’tdilar.
Maxsus eksport Ivan Xorvat seminarga tashrif buyurgan mutaxassislarga dehqon va fermer xo’jaliklari bilan qanday ishlash kerakligi haqida individual yondashgan holda seminar qatnashchilarini 2 guruhga bo’lgan holda, seminar-treningni interaktiv savol-javoblar tarzida noan’anaviy shaklda davom ettirdi.
Ekspertlarning bergan tushuncha va tavsiyalari tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi va keyingi seminar-treninglar oldidan turli xil fermer xo’jaliklariga tashrif buyurishni kelishib oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube