Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seminar_trening

Seminar_trening
⏩Agrar sohani rivojlantirishda Janubiy Koreya bilan hamkorlik Bugun taraqqiyot shiddat bilan rivojlanmoqda. Boisi ilm-fan yutug‘i bo‘lgan ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalar borgan sari hayotimizni qamrab olyapti. Ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda barcha sohalarda yuksak natijalar qayd etilmoqda. Jumladan qishloq xo‘jaligida ham. Mamlakatimiz agrar sohasini rivojlantirishda ham xorijning ilg‘or texnologiyalari va tajribalarini tatbiq etish o‘zining ijobiy natijasini berishi shubhasiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-321-son qarorida ham O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash meva-sabzavotchilikda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish borasida bir qator vazifalar belgilab berilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazini tashkil etish" loyihasi doirasida Koreya oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) tomonidan Koreyaning nufuzli olimlari ishtirokida o‘quv-seminarlari boshlandi. Seminarni Milliy markaz direktori o'rinbosari Bahodir Eshchanov kirish so'zi bilan ochib, sohani rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarda yuqori natijalarga erishishda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan yaqin hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etishi haqida to'xtaldi. Seminarda Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari va mutaxassislar ishtirok etmoqda. Seminar ishtirokchilariga Koreyaning qishloq xo‘jaligi tajribasi asosida ekinlarini virus va bakteriyalardan to‘g‘ri himoya qilish, agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazish hamda aqlli issiqxonalarni boshqarish borasida ma’lumotlar berilmoqda. Eslatib o‘tamiz. Ushbu seminarlar 31-iyulga qadar davom etadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.