Seminar_trening

O'ZBEKISTON — EKINLARNI KASALLIK VA ZARARKUNANDALARDAN BIOLOGIK USULDA ASRASHDA DUNYODA YETAKCHI DAVLATLARDAN SANALADI
Ko‘klam dehqon uchun yilboshi sanaladi. Negaki qishi bilan dam olib, oshirilgan xamirdek ko‘pchib yetilgan tuproq dehqonni bahorning qulay fursatlaridan unumli foydalanishga undaydi. Egatlar olinib, tuproqqa urug‘ qadaladi. Hosilning barakali bo‘lishi esa navning to‘g‘ri tanlanganiyu agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazishdan tashqari, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishga ham bog‘liq.
Dehqonni eng ko‘p tashvishga qo‘yadigan omil ham kasallik va zararkunandalardir. Ayniqsa, ularga qarshi kurashishda ishlatiladigan kimyoviy dori-darmonlarning xarajati hosildan olinadigan daromadning barakasini ham uchiradi.
Bugun Milliy markazda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirokida “Sabzavot, poliz va kartoshka mahsulotlari yetishtirishda uchraydigan kasallik va zararkunandalar, ularning turlari, hamda qarshi kurashishning samarali usullari” mavzusida tashkil etilgan seminar-trening ham ayni mavzuga bag‘ishlandi.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, biologiya fanlari doktori Kamol Mamatov o‘simliklarni himoya qilish borasida ilmiy muassasa olimlari tomonidan o‘rganishlar va tadqiqotlar xususida ma’ruza qildi.
Ma’ruzachi dehqonlar uchun ushbu yo‘nalishda tayyorlanayotgan zarur tavsiyalar ilmiy muassasa olimlarining yillar davomida davomli olib borayogan tadqiqotlari natijalari asosida tayyorlanishini ta’kidlab o‘tdi. E’tiborlisi, taqdimotda o‘simliklarni biologok usulda asrashda zararkunanda va kasalliklardan asrashda O‘zbekiston dunyodagi yetakchi davlatlardan ekanligi ma’lum qilindi.
Ushbu seminar-trening tafsilotlarini tez kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda videoformatda tamosha qilishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube