Seryog‘in mavsumda g‘alla parvarishiga qanday yondashish zarur?

Qish faslining seryog‘in kelayotgani 2026-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlashda alohida e’tibor va aniq agrotexnik yondashuvni talab qilmoqda. Ayniqsa, maydonlarda ortiqcha namlik to‘planishi, tuproq zichlashishi hamda zamburug‘li kasalliklar rivojlanishi xavfi fermerlardan tezkor choralar ko‘rishni talab etadi.
Mazkur dolzarb mavzu yuzasidan yaqin kunlarda Milliy markaz Axborot xizmati tomonidan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Zohidjon Ziyodullayev va soha mutaxassislari ishtirokida maxsus videomaterial tayyorlanadi.
Siz ushbu yo‘nalishda o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda savollaringizni qoldirishingiz mumkin. Eng dolzarb savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube