Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sholichilik sohasidagi Koreya texnologiyasi endi Bekobodda yoʻlga qoʻyiladi

Sholichilik sohasidagi Koreya texnologiyasi endi Bekobodda yoʻlga qoʻyiladi
Bugun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Janubiy Koreyaning “KOPIA” markazi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi sholikor fermerlar ishtirokida “Sholi yetishtirishning intensiv texnologiyasi” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda soha mutaxassislari, fermerlar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etib, zamonaviy texnologiyalar asosida sholi yetishtirishning samarali usullari haqida fikr almashdilar. Dastur avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Pak Viktor Nikolayevich so‘zga chiqib, mamlakatimizda sholichilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarmoqni modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish hamda fermerlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. So‘ng Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdullo Mansurov sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yangi yuqori hosildor navlarni yaratish, resurs tejovchi agrotexnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi. “KOPIA” markazi direktori Kim Jae Hyun markaz tomonidan O‘zbekistonda olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar, xususan, Koreya tajribasini joriy etish, zamonaviy urug‘chilik tizimini rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, markaz eksperti, professor Um Miok “Koreyaning sholi urug‘ini yetishtirish va tarqatish tizimi hamda ishlab chiqarish texnologiyasi” mavzusida taqdimot o‘tkazib, unda yuqori sifatli urug‘lik yetishtirish, seleksiya jarayonlari, mexanizatsiya darajasi va hosildorlikni oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar haqida batafsil tushuntirishlar berdi. Seminar davomida Bekobod tumani sholikor fermerlari Koreya texnologiyasiga katta qiziqish bildirib, o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.