Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

Sholichilikda intensiv texnologiyalar amaliyotda

Sholichilikda intensiv texnologiyalar amaliyotda

Ayni daqiqalarda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida “Sholi yetishtirishning intensiv texnologiyasi” mavzusida ko‘rgazmali dala seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, soha olimlari, mutaxassislar, fermer va klasterlar rahbarlari ishtirok etmoqda.Seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy sholi yetishtirish texnologiyalari, ko‘chat tayyorlash jarayonlari, qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasi hamda sholini mexanizatsiya asosida ekish usullari bilan tanishmoqda.
Shuningdek, dronlar yordamida azotli o‘g‘itlar sepish, begona o‘tlarga qarshi kurashish va sholi urug‘ini ekish jarayonlari amaliy namoyish etilmoqda.Tadbirda suv tejovchi texnologiyalar, xususan sholini tomchilatib sug‘orish usulining afzalliklari va samaradorligi yuzasidan ham mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berilmoqda.

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.