Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sholichilikda yangi bosqich: Ichki bozorni guruch bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi

Sholichilikda yangi bosqich: Ichki bozorni guruch bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi
Joriy yilning 2- iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisini guruch mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 410-sonli qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq: Sholi yetishtirishda resurs tejovchi texnologiyalar keng joriy etiladi. 2025 yilda sholi maydonlarining kamida 60 foizi lazer texnologiyasi orqali tekislanadi, 45 foizida zamonaviy urug‘ sepqichlar orqali ekiladi, takroriy ekin sifatida ekilgan maydonlarning kamida 50 foizida esa ko‘chatlab ekish usuli qo‘llaniladi. Suv tejovchi texnologiyalar sinov tariqasida joriy etiladi. 2026- yilda ayrim hududlarda 10 gektardan kam bo‘lmagan maydonlarda tomchilatib sug‘orish asosida sholi yetishtirish bo‘yicha tajriba loyihalari amalga oshiriladi. Ilmiy-tadqiqot va seleksiya ishlari xalqaro hamkorlik asosida kuchaytiriladi. Janubiy Koreya, Filippin, Misr va Nepal davlatlari bilan birgalikda suv kam talab qiladigan, serhosil, turli iqlim sharoitlariga mos sholi navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Sog‘lom ovqatlanishga mos navlar ustuvоr ahamiyat kasb etadi. Yangi nav va duragaylar mavjud navlarga nisbatan kamida 10–15 sentner/ga yuqori hosil beradi, suv sarfini 30–35 foizga kamaytiradi, bolalar ozuqasi hamda turli kasalliklarga mos guruch mahsuloti beradi. Temir va rux kabi mikroelementlarga boyligi bilan ajralib turadi. Ko‘chatlab ekish uchun zarur texnikalar mahalliylashtiriladi. Sholini ko‘chatlab ekish uskunalari va plastik kassetalarni xarid qilish uchun lizing va kredit resurslari jalb qilinadi, ishlab chiqarishni mahalliy tadbirkorlar ishtirokida tashkil etish belgilangan. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.