Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sholini zararkunanda va kasalliklardan asrash uchun yangi texnologiya ishlab chiqilmoqda

Sholini zararkunanda va kasalliklardan asrash uchun yangi texnologiya ishlab chiqilmoqda
Sholi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ekin turlaridan biri sanaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra dunyoning 108 mamlakatida qariyb 155 mln ga maydonda yetishtiriladi. Ekiladigan maydoni va iste’mol qilinishi jihatidan esa bug‘doydan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatimizda ham sholining resurs tejamkor navlarini yaratish, o‘simlikni kasallik va zararakunandalardan asrash borasida olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining O‘simliklarni himoya qilish va fitopatalogiya laboratoriyasi mudiri, qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori Nodirbek Otamirzaevning “Sholidagi asosiy zararkunanda, kasallik hamda begona o‘tlarga zamonaviy qarshi kurash agrotexnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi bugungi ma’ruzasi ham ayni mavzuga bag‘ishlandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: -sholini unib chiqish davridagi asosiy zararkunandalarni feno kalendari ishlab chiqildi; -ilk bora dala sharoitida sholipoyadagi zararkunanda va begona o‘tlarga qarshi biologik kurash tadbirlari, ya’ni sholi+baliq yetishtirish texnologiyasi qo‘llanildi. ⌛Tadqiqot natijasida: -Zararkunanda hamda begona o‘tlarga qo‘llaniladigan pestitsidlar sarfini 50% ga qisqartirildi; -baliqlarni sholi maydonidagi tabiiy oziqa bilan boqish (em 50% iqtisod qilindi); -tajriba maydoniga azotli o‘g‘itlarni yillik me’yorini 30% gacha kamaytirishga erishildi. -sholini zararkunandalardan biologik himoya qilish evaziga 13,4 sentner hosilni saqlab qolishga erishildi. -Shuningdek, sholi seleksiya ko‘chatzoridagi nav va nav namunalarini kasalliklarga chidamliligini baholandi hamda seleksiya jarayoniga jalb etildi. Tez kunlarda ushbu seminar-trening tafsilotlariga oid videolavhani ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.