Shu kunlarda poytaxtimizdagi "O'zEXPO" markazida “Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inkiyuziv o`tishini qo`llab quvvatlash va iqlimga yo`naltirilgan qishloq xo`jaligi…

bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida innovatsion guruhlar ishtirokida ko'rgazma bo'lib o'tmoqda.
⏩Ushbu ko'rgazmada Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining 3 ta innovatsion guruhi ishtirok etyapti. Ular qattiq bugʻdoyning yangi navlarini yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish va makaron ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, suv bilan kam taʼminlangan, qurgʻoqchilik mintaqalari uchun bahorgi bugʻdoyni innovatsion joriy qilish va urugʻchiligini tashkil etish hamda pistachilik sohasida erishayotgan natijalarini namoyish etmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube