Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

SHUKUH

SHUKUH
Milliy markaz jamoasi Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlamoqda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi Navro‘z bayramini yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda nishonlamoqda. An’anaviy qadriyatlarimizni ulug‘lash, mehr-oqibat va ezgulik ramzi bo‘lmish ushbu ayyom munosabati bilan Markaz hududida bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy urf-odatlarimizga xos turli ko‘ngilochar dasturlar, sumalak sayli va bayram dasturxoni tashkil qilindi. Markaz xodimlari o‘zaro samimiy suhbatlar qurib, Navro‘zga xos tilaklar bildirishdi. Milliy markaz jamoasi ushbu qutlug‘ ayyom barchaga farovonlik, sihat-salomatlik va yangilanish baxsh etishini tilab, barcha yurtdoshlarimizni Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.